landshaft — yer yuzasidagi tabiiy chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir butunligi, geografik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir.
Landshaft dizayni — bu hovli, bog‘ va ochiq maydonlarni estetik va qulay holga keltirish san’atidir. O‘simliklarni to‘g‘ri tanlash va joylashtirish, yashil maysazorlar yaratish, dekorativ daraxt va gullar ekish orqali atrof-muhitga yangi ko‘rinish beriladi. Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan landshaft ishlari hududning nafaqat tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi, balki dam olish va yashash uchun qulay muhit yaratadi. Zamonaviy dizayn, sifatli parvarish va to‘g‘ri rejalashtirish orqali har bir bog‘ o‘ziga xos va chiroyli bo‘lib boradi..